O‘zbekistonda ta’lim xizmatlariga talab yuqoriligicha qolmoqda. Joriy yilning dastlabki to‘rt oyida mazkur yo‘nalish xizmatlar bozorida eng yuqori o‘sish qayd etilgan sohalardan biri bo‘ldi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida mamlakatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 406,4 trln so‘mni tashkil etdi. Xizmatlar orasida ta’lim sohasidagi xizmatlar 122,6 % o‘sish sur’ati bilan eng yuqori ko‘rsatkichlardan birini qayd etdi.
Xizmatlar turlari boʻyicha oʻsish surʼatlari quyidagicha:
– Moliyaviy xizmatlar — 123,8 %;
– Taʼlim sohasidagi xizmatlar — 122,6 %;
– Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 122,3 %;
– Ijara xizmatlari — 117,1 %;
– Koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar — 117,0 %;
– Sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 115,1 %;
– Transport xizmatlari — 115,0 %;
– Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 114,0 %;
– Savdo xizmatlari — 113,9 %;
– Kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar — 112,8 %;
– Shaxsiy xizmatlar — 110,9 %;
– Meʼmorchilik va muhandislik sohasidagi xizmatlar — 110,5 %;
– Boshqa xizmatlar — 115,3 %.
Avvalroq, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonda koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 168,2 trln soʻmni tashkil etgan va taʼlim sohasidagi xizmatlardagi oʻsish surʼati 121,2 % bilan eng yaqori koʻrsatgichni qayd etgan edi.
Shuningdek, O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimida qancha oliygoh, talaba hamda professor-o‘qituvchi bor ekanligi haqida xabar bergan edik.
