“Yashil” texnikumlarga 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlandi

“Yashil” texnikumlarga 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlandi

2026/2027 o‘quv yili “yashil” texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 14 ta texnikumga jami 7 770 ta qabul kvotasi ajratildi.

 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohalari uchun o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlaydigan “yashil” texnikumlarga 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlandi.

 

Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda 9-sinf bitiruvchilari hamda kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega (11-sinf) abituriyentlar uchun kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha qabul kvotalari belgilandi.

 

Unga ko‘ra, 14 ta “yashil” texnikumga jami 39 ta kasb bo‘yicha 7 770 ta qabul kvotasi ajratilgan.

 

Shundan:

 

— 9-sinf bitiruvchilari uchun — 3 630 ta;

 

— 11-sinf (umumiy o‘rta ma’lumotga ega) abituriyentlar uchun — 4 140 ta.

 

Ma’lumot uchun, qabul parametrlarida kvotalarning 75,6 foizi davlat granti, 24,4 foizi esa to‘lov-kontrakt asosida shakllantirilgan.

 

“Yashil” texnikumlarga qabul parametrlari — faylni yuklash

 

Eslatib o‘tamiz, ‘‘Yashil’’ texnikumlarni muvaffaqiyatli bitirgan B2 darajali sertifikatga ega o‘quvchilar bakalavriatga 2-bosqichdan qabul qilinishi haqida xabar bergan edik.