Maktab shahodatnomasini onlayn qanday yuklab olish mumkin?

Maktab shahodatnomasini onlayn qanday yuklab olish mumkin?

Maktab bitiruvchilari endilikda shahodatnomalarini e-shahodatnoma.uz platformasi orqali onlayn yuklab olishlari mumkin. Xizmat 2023-yildan boshlab maktabni tamomlagan bitiruvchilar uchun bepul taqdim etiladi hamda hujjat yo‘qolgan taqdirda uni istalgan vaqtda qayta yuklab olish imkonini beradi.

 

Endilikda maktab bitiruvchilari e-shahodatnoma.uz axborot tizimi orqali oʻz shahodatnomasini onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin. Buning uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:

 

Birinchiqadam. e-shahodatnoma.uz saytiga kirib asosiy sahifadagi “Shahodatnomaolish” tugmasi bosiladi.

 

Maktab shahodatnomasini onlayn qanday yuklab olish mumkin?

 

Ikkinchi qadam. Shaxsiy maʼlumotlarni kiritish uchun ishchi oynasi ochiladi. Unga pasport, ID-karta yoki tugʻilganlik haqidagi guvohnomani seriya va raqamini yoki shaxsiy idenfikatsiya raqamini kiritish, tugʻilgan sanani tanlash hamda rasmda koʻrsatilgan himoya kodini kiritish kerak boʻladi.

 

Maktab shahodatnomasini onlayn qanday yuklab olish mumkin?

 

Uchinchi qadam. barcha maʼlumotlar kiritilib boʻlgandan soʻng “Qidirish” tugmasi bosiladi.

 

Maktab shahodatnomasini onlayn qanday yuklab olish mumkin?

 

Toʻrtinchi qadam. “Yuklab olish” tugmasi orqali elektron shahodatnomani yuklab olish mumkin boʻladi.

 

Maktab shahodatnomasini onlayn qanday yuklab olish mumkin?

 

Eslatib oʻtamiz, mazkur xizmat faqatgina 2023-yildan boshlab maktabni tamomlagan bitiruvchilar uchun koʻrsatiladi.

 

Agar yuklab olingan shahodatnomada xatolik aniqlansa, ushbu sayt orqali toʻgʻridan toʻgʻri murojaat yoʻllash yoki maktab maʼmuriyatiga murojaat qilish mumkin. Xatolik bartaraf etilib yangi shahodatnoma shakllantiriladi.

 

Agar yuklab olingan shahodatnoma yoʻqolsa, uni istalgan vaqtda qayta yuklab olish mumkin. Endi shahodatnomani yoʻqotganda dublikat olishga zaruriyat qolmaydi. Muhimi bu xizmat mutlaqo bepul.