Futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlari namoyish etiladigan maktablar ro‘yxati e’lon qilindi

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlari namoyish etiladigan maktablar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionati o‘yinlarini jamoaviy tomosha qilish uchun respublika bo‘ylab tanlab olingan umumta’lim maktablari ro‘yxati e’lon qilindi.

 

Joriy yilning iyun-iyul oylarida o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladigan futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hududlardagi umumta’lim maktablarida “Muxlislar maydoni” loyihasi tashkil etilmoqda.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan mazkur loyiha uchun tanlab olingan umumta’lim maktablari ro‘yxati e’lon qilindi.

 

Loyiha doirasida mamlakatning 208 ta tuman (shahar)ida tanlab olingan maktablarda katta ekranlar o‘rnatilib, o‘quvchilar, ota-onalar va mahalla aholisi O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘yinlarini jonli efirda tomosha qilishi mumkin bo‘ladi.

 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida quyidagi uchrashuvlarda maydonga tushadi:

 

— O‘zbekiston — Kolumbiya (18-iyun, soat 07:00);

 

— O‘zbekiston — Portugaliya (23-iyun, soat 22:00);

 

— O‘zbekiston — Kongo (28-iyun, soat 04:30).

 

“Muxlislar maydoni” tashkil etiladigan maktablar ro‘yxati bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.