Sergelida o‘qituvchi ikki kishini pichoqlab o‘ldirgani aytilmoqda

Sergelida o‘qituvchi ikki kishini pichoqlab o‘ldirgani aytilmoqda

Toshkentda oʻqituvchi ikki kishini pichoqlab oʻldirishda gumonlanmoqda. Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi — qasddan odam oʻldirish bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

Bosh prokuraturaning Darakchi.uzʼga maʼlum qilishicha, Toshkent shahrining Sergeli tumanida ikki kishining oʻlimi bilan bogʻliq holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, voqea 21-may kuni sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida 2004-yilda tugʻilgan qiz hamda 1975-yilda tugʻilgan Xitoy fuqarosi vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi — qasddan odam oʻldirish bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

Jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan 1998-yilda tugʻilgan shaxs, oʻqituvchi, protsessual tartibda ushlangan. Bosh prokuratura maʼlumotiga koʻra, hozirda ish boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.