Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida 2026/2027-oʻquv yili uchun magistraturaga qabul boshlandi

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida 2026/2027-oʻquv yili uchun magistraturaga qabul boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida 2026/2027-o‘quv yili uchun magistratura ta’lim dasturlariga qabul jarayonlari boshlandi.

 

Qabul jarayonlari davlat buyurtmasi hamda ochiq tanlov asosida, kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllarida amalga oshiriladi.

 

Akademiyada qabul quyidagi 5 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tashkil etiladi:

 

— Davlat boshqaruvi;

 

— Hududlarni kompleks rivojlantirish;

 

— Inson resurslarini rivojlantirish;

 

— Davlat siyosati;

 

— Davlat moliyasini boshqarish.

 

Hujjatlar 2026-yil 26-maydan boshlab Akademiyaning rasmiy qabul platformasi (qabul.dsba.uz) orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

 

Qabul ikki tartibda amalga oshiriladi:

 

  • davlat buyurtmasi asosida (davlat granti hamda to‘lov-kontrakt);
  • ochiq tanlov asosida (faqat to‘lov-kontrakt).

 

Muhim: nomzodlar kamida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim.

 

Qabul imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi:

 

— test sinovi;

 

— suhbat.

 

Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqiladi va baholanadi.

 

CEFR B2 va undan yuqori darajadagi xalqaro sertifikatga ega nomzodlar xorijiy til testi bosqichidan ozod etiladi hamda maksimal ball bilan baholanadi.

 

Test bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar suhbat bosqichiga taklif etiladi. Suhbat Akademiya hamda sohaviy mustaqil ekspertlar tomonidan o‘tkaziladi.

 

Akademiyasining magistraturasiga qabul qilish tartibi bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin.