“Oliy ma’lumot bor, ammo ish yo‘q” — nega dunyoda oliy ta’limning qiymati pasaymoqda?

“Oliy ma’lumot bor, ammo ish yo‘q”  — nega dunyoda oliy ta’limning qiymati pasaymoqda?

Dunyo bo‘ylab oliy ta’limga bo‘lgan qiziqish asta-sekin pasaymoqda. Mutaxassislar bunga ta’lim tizimining biznes va mehnat bozoridan ortda qolayotgani va amaliy ko‘nikmalarga talab ortib borayotgani sabab bo‘layotganini ta’kidlamoqda.

 

Ko‘p yillar davomida dunyo bo‘ylab oliy ta’limga bo‘lgan qiziqish muntazam oshib kelgan bo‘lsa, hozir bu o‘sish sur’ati sekinlashmoqda. «Известия» nashrining yozishicha, AQShda 2025-yil oxiriga kelib bitiruvchilarning deyarli 43% diplom talab qilinmaydigan lavozimlarda ishlagan.

 

Buyuk Britaniyada esa 2007-yildan buyon diplomning mehnat bozoridagi ustunligi ikki baravar kamaygan. Xitoyda yoshlar orasidagi ishsizlik darajasi 20 foizdan oshib ketgan.

 

Shunga o‘xshash holat Rossiyada ham kuzatilmoqda. Bu mamlakatda oliy ma’lumotli fuqarolar ulushi dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Biroq Oliy iqtisodiyot maktabi ma’lumotlariga ko‘ra, universitet bitiruvchilarining qariyb chorak qismi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlamaydi. Kollej bitiruvchilari orasida esa bu ko‘rsatkich 44 foizga yetgan.

 

“Oliy ma’lumot bor, ammo ish yo‘q” — nega dunyoda oliy ta’limning qiymati pasaymoqda?

 

Qayd etilishicha, bunga ta’lim dasturlarining biznes va mehnat bozori ehtiyojlaridan ortda qolayotgani hamda amaliyot va stajirovka tizimining yetarli darajada rivojlanmagani sabab bo‘lmoqda.

 

“Gaidar Institute for Economic Policy” (The Gaidar Institute) ilmiy xodimi Olga Magomedovaning ta’kidlashicha, bugungi kunda ushbu muammo ayniqsa mustaqil o‘rganish va amaliy ko‘nikmalar akademik bilimlardan ko‘ra muhimroq hisoblanadigan sohalarda kuchliroq sezilmoqda. Uning fikricha, mehnat bozori endilikda diplomni insonning malakasi va professional darajasini to‘liq kafolatlovchi hujjat sifatida qabul qilmayapti.