Oʻzbekistonda ilk bor robot yordamida masofaviy jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi

Oʻzbekistonda ilk bor robot yordamida masofaviy jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi

Oʻzbekistonda ilk bor robot yordamida masofaviy jarrohlik amaliyoti amalga oshirildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, yuqori texnologiyali operatsiya Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassisi Abdurashid Abdukarimov tomonidan Xitoydan turib bajarilgan.

 

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, robot-jarrohlik tizimi shifokorga eng murakkab va nozik harakatlarni yuqori aniqlikda bajarish imkonini beradi. Ushbu texnologiya bemorga kamroq jarohat yetkazish, operatsiyadan keyingi tiklanish jarayonini tezlashtirish hamda tibbiy xizmat sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Shuningdek, masofaviy robot operatsiyasi zamonaviy tibbiyotda geografik masofalar endilikda toʻsiq emasligini yana bir bor namoyon etdi. Endi bir davlatda boʻlgan mutaxassis boshqa mamlakatdagi bemorda murakkab jarrohlik amaliyotini masofadan turib bajarishi mumkin.