Maktab pedagoglariga 2025-2026-oʻquv yili uchun mehnat taʼtili berish tartibi belgilandi

Maktab pedagoglariga 2025-2026-oʻquv yili uchun mehnat taʼtili berish tartibi belgilandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2026-yil uchun respublika byudjeti doirasida maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlariga yillik asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tili berish tartibi belgilandi.

 

2025-2026-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalarida dars jarayonlari yakunlanayotganligi munosabati bilan ularda faoliyat yuritayotgan xodimlar O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq yillik asosiy mehnat ta’tiliga chiqariladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-son qarori bilan pedagog xodimlar uchun hamda 2026-2028-yillar uchun mo‘ljallangan Tarmoq jamoa kelishuvida texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va yordamchi xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlari tasdiqlangan.

 

Ushbu ko’rsatma xatida xodimlarga har yili asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillar berilishini xarajatlar smetasida rejalashtirilgan mablag‘larga mutanosib ravishda reja-jadval asosida (navbat bilan) amalga oshirish belgilangan.

 

Shuningdek, asosiy va qo‘shimcha ta’tillar umumiy davomiyligi 56 kundan oshmasligi kerakligi keltirilgan.

 

Faylni yuklash