Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta’lim uchun qo‘shimcha davlat granti asosida tavsiyanoma olish bo‘yicha arizalar qabuli davom etmoqda. Mezonga mos bo‘lib, daftarlarda ro‘yxatda bo‘lmagan talabgorlar mahalla fuqarolar yig‘iniga murojaat qilib, tegishli tartibda ro‘yxatga kiritilishi lozimligi qayd etildi.
Xabaringiz bor, ehtiyojmand oilalardagi 4 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlangan.
Arizalarni Yagona portal (my.gov.uz) orqali 8-iyunga qadar onlayn yuborish mumkin.
Talabgorlar nizomda belgilangan toifalardan biriga mos kelishiga qaramasdan, “Ijtimoiy reyestr”da ro‘yxatda bo‘lmagani sababli arizani yubora olmayotganini bildirgan.
my.gov.uz axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta’lim uchun qo‘shimcha davlat granti asosida tavsiyanoma berish xizmati my.gov.uz portalida tasdiqlangan vaqtinchalik ma’muriy reglament va nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur vaqtinchalik ma’muriy reglamentga ko‘ra:
“Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar vakillari uchun tavsiyanoma avtomatik shakllantiriladi.
Agar talabgor “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”dan birida ro‘yxatda tursa:
— To’liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ulаrпiпg ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
— Turmush o’rtog’i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg’iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ауоllаr;
— Nogironligi bo’lgan farzandi bоr ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
— Ikki vа undаn ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg’iz ayollarning qiz farzandlari;
— Ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nоgirоni bo’lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar kabi mezonlardan biriga to’g’ri kelishi kerak.
Shu sababli portalda ariza yuborishda ijtimoiy daftarlardan birini tanlash majburiy maydon sifatida belgilangan.
Agar talabgor mezonlarga mos kelsa-yu, ammo daftarlarda ro‘yxatda bo‘lmasa, avvalo yashash hududidagi mahalla fuqarolar yig‘iniga murojaat qilib, qonunchilik talablari asosida tegishli daftarga kiritilishi lozim.
Shundan so‘ng ariza my.gov.uz portali orqali yuborilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, tavsiyanoma asosida grantga oʻqishga kirgan talabalarning granti butun oʻqish davri davomida saqlanib qoladi hamda ular keyingi yillarda grant taqsimotida qatnashmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tavsiyanoma berish jarayoni ham boshlangan.
