Navoiyda 8-sinf oʻquvchisi SATʼdan 1430 ball va CEFR B2 natijasini qoʻlga kiritdi

Navoiyda 8-sinf oʻquvchisi SATʼdan 1430 ball va CEFR B2 natijasini qoʻlga kiritdi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi maktablardan birining 8-sinf oʻquvchisi Abdusamatova Dilbar ingliz tilidan CEFR B2 darajasini qo‘lga kiritib, xalqaro SAT imtihonida 1430 ball to‘pladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Dilbarning Talimxabarlari.uz saytiga ma’lum qilishicha, ingliz tiliga qiziqish 6-sinfdan boshlangan va vaqt oʻtishi bilan bu qiziqish jiddiy maqsadga aylangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

SAT va CEFR topshirish gʻoyasi esa 8-sinfda boshqa oʻquvchilarning natijalarini koʻrgach paydo boʻlgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Dilbar fevral oyida CEFR, may oyida esa SAT imtihonini topshirib, yuqori natijalarga erishgan⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

U SAT imtihoniga 3 oy tayyorlanganini aytadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Bu jarayonda unga ustozlari Nosirova Nargiza va Zaripova Robiya hamda ularning tavsiya etgan kitoblari yordam bergan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Eng qiyin qism sifatida u EBRW (Reading and Writing) boʻlimini qayd etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

‘‘Reading ballini oshirish uchun eng koʻp xatolar ustida ishladim’’, — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Kelajakda u SAT natijasini yanada yaxshilab, Harvard yoki Oxford universitetlaridan biriga hujjat topshirishni maqsad qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Dilbar tengdoshlariga tajribali ustoz va toʻgʻri manbalar bilan ishlashni tavsiya qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

‘‘Tengdoshlarimga maslahatim shuki: tajribali ustoz va to‘g‘ri manbalardan foydalanishni tavsiya beraman’’,— deydi Dilbar.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Avvalroq, Namanganda 10-sinf o‘quvchisi SAT imtihonida 1590 ballni qo‘lga kiritganligi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠