Namanganda 10-sinf o‘quvchisi SAT imtihonida 1590 ballni qo‘lga kiritdi

Namanganda 10-sinf o‘quvchisi SAT imtihonida 1590 ballni qo‘lga kiritdi

Namanganlik oʻquvchi qiz xalqaro SAT imtihonida 1590 ballik natijaga erishdi. U matematika boʻyicha maksimal 800, ingliz tili (Reading & Writing) boʻyicha 790 ball toʻplagan.

 

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10–01-sinf oʻquvchisi Maʼrufjonova Dilshoda xalqaro SAT imtihonida yuksak natijalarni qoʻlga kiritdi.

 

Imtihon natijalari:

 

– Reading & Writing – 790 ball;

 

– Math – 800 ball;

 

– Umumiy natija – 1590 ball (maksimal 1600 ball).

 

SAT imtihoni dunyoning nufuzli universitetlariga kirishda asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Dilshodaning 1590 ball toʻplashi uning nafaqat matematika va ingliz tilidagi chuqur bilimini, balki mantiqiy fikrlash va test topshiriqlarini yuqori darajada bajarish qobiliyatini ham namoyish etadi.

 

“Dilshodaning gʻalabasi butun maktab jamoasi uchun faxrdir. Bu natija uning tinimsiz mehnati va maktabimizda yaratilgan shart-sharoitlarning bevosita samarasidir”, – deydi maktab rahbariyati.

 

Avvalroq, 189 ball toʻplagan oʻquvchi qiz bilan suhbat e’lon qilgan edik.