Odil sudlov akademiyasiga qabul kvotalari belgilandi

Odil sudlov akademiyasiga qabul kvotalari belgilandi

“Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Qonunning 7, 17-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-son Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 2026-yil 15-maydagi 2130-sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining kasbiy qayta tayyorlash kurslariga 2026/2027 oʻquv yili uchun umumiy qabul kvotasi 112 ta qilib belgilandi.

 

Shundan:

 

–  umumiy kvota: 85 (sakson besh) ta

–  jinoyat huquqi yoʻnalishi boʻyicha: 30 (oʻttiz) ta;

–  fuqarolik huquqi yoʻnalishi boʻyicha: 30 (oʻttiz) ta;

–  iqtisodiy huquq yoʻnalishi boʻyicha: 15 (oʻn besh) ta;

–  maʼmuriy huquq yoʻnalishi boʻyicha: 10 (oʻn) ta;

–  qoʻshimcha kvota: 27 (yigirma yetti) ta.

 

Ayrim hududlardan hujjat taqdim qilgan talabgorlar uchun qoʻshimcha kvota: 15 (oʻn besh) ta, xotin-qizlar uchun har bir yoʻnalish boʻyicha qoʻshimcha uchtadan jami 12 (oʻn ikki) ta kvota arjatilgan.

 

Odil sudlov akademiyasiga qabul kvotalari belgilandi

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish