Ma’lumotlarga ko’ra, joriy yilda Qurbon hayiti 27-may – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Shu munosabat bilan Prezident farmonida barcha uchun 2 kun (payshanba-juma) qo’shimcha dam olish kuni va yana 6 kunliklar uchun esa shanba ham dam olish kuni, deb e’lon qilingan.
Natijada ish haftasi turidan qat’i nazar hamma ketma-ket 5 kun dam oladi.
27-may, chorshanba – Qurbon hayiti;
28-may, payshanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
29-may, juma – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
30-may, shanba – haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
31-may, yakshanba – barcha uchun odatiy dam olish kuni.
Ma’lumot! May oyida haftada 5 kun ishlaydiganlar jami 14 kun, 6 kunliklar esa 10 kun dam oladi. Bu so‘nggi yillardagi eng ko‘p dam olish kunlaridan iborat bo‘lgan oylardan biri.

