Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbari Mirziyoyeva Saida Shavkatovna Buxoro viloyatiga tashrif davomida hududdagi ayrim ijtimoiy soha obyektlari ahvoli qoniqarsiz ekanini qayd etdi.
Ma’lum qilinishicha, 1977-yilda foydalanishga topshirilgan 21-sonli bolalar bogʻchasi binosi bugungi talab va standartlarga javob bermaydi. Shu sababli mazkur maktabgacha taʼlim muassasasini qayta qurish rejalashtirilgan.
‘‘Biz Buxoroda ko‘zdan kechirgan bog‘cha va poliklinikalarning ahvoli nihoyatda achinarli, ularni zudlik bilan ta’mirlash talab etiladi. Bu bolalarimizning kelajagi uchun zarur’’, — deya yozadi Saida Mirziyoyeva telegram kanalida.
Shuningdek, Buxoro shahridagi 46 ming aholiga xizmat koʻrsatuvchi 9-sonli poliklinika uchun ham yangi bino qurilishi koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, viloyatning chekka tumanlarida joylashgan yana 36 ta poliklinikani rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
Avvalroq, Saida Mirziyoyeva Xorazm viloyatidagi ta’lim muassasalari holatini ko‘zdan kechirgan edi.


