Bugundan bir qator ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli boshlanadi

Bugundan bir qator ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli boshlanadi

Bugun, 15-maydan boshlab 2026/2027-o‘quv yili uchun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan, sport, “Jasorat” maktablari hamda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatlarga hujjatlar qabuli boshlanadi.

 

Qabul jarayonlari 15-maydan 4-iyunga qadar davom etadi. Arizalar my.gov.uz va ariza.piima.uz platformalari orqali onlayn tarzda qabul qilinadi.

 

Ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?

 

— oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurat;

— tug‘ilganlik haqida guvohnoma (metrika);

— ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti (ID-kartasi) ma’lumotlari;

— bog‘lanish uchun telefon raqamlari talab qilinadi.

 

Ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

 

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:

 

— aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfiga;

— tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfiga;

— shuningdek, mavjud bo‘sh o‘rinlariga o‘quvchilar qabul qilinadi.

 

‘‘Jasorat maktablari’’ga qanday hujjatlar talab etiladi?

 

— oʻquvchilarning tegishli oʻquv yili natijasiga koʻra baholar tabelining umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

— belgilangan shakldagi tibbiy maʼlumotnoma;

— oʻquvchilarning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va ularning ota-onalari (qonuniy vakili) biometrik pasporti (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari, bogʻlanish uchun mobil telefon raqamlari.

 

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

 

Ijod maktablariga ariza topshirish uchun o‘quvchilarning:

 

— oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati,

— tug‘ilganlik haqida guvohnomasi (ya’ni metrikasi),

— ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti (ID-kartasi) ma’lumotlari,

— bog‘lanish uchun telefon raqamlari talab qilinadi.

 

Ijod maktablarining nechanchi sinflariga qabul qilinadi?

 

— Ijod maktablariga 6-sinfni tugatgan oʻquvchilar 7-sinfga;

— shuningdek, mavjud bo‘sh o‘rinlarga qabul qilinadi.

 

Sport maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

 

— oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurat;

— tug‘ilganlik haqida guvohnoma (metrika);

— 086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma;

— ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti (ID-kartasi) ma’lumotlari;

— bog‘lanish uchun telefon raqamlari;

— sport razryadi yoki unvonini tasdiqlovchi hujjat hamda sport razryadi yoki unvoni tasdiqlangani to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma nusxalari;

— O‘zbekiston chempionati va kuboklarida qabul yili va undan oldingi bir yil davomida g‘olib va sovrindor bo‘lganini tasdiqlovchi diplom.

 

Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga o‘quvchilar ikki bosqichda (kasbiy (ijodiy) imtihonlar va test sinovlari) qabul qilinadi. Har bir sinfda o‘quvchilar soni 12 nafardan kam bo‘lmagan, biroq 24 nafardan oshmagan holda belgilanadi.

 

Bunda sport razryadi yoki unvoniga ega sportchilar kirish imtihonlarining birinchi — umumjismoniy tayyorgarlik bosqichidan ozod etiladi hamda ularga mazkur bosqich uchun belgilangan 30 ball to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shib beriladi.

 

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qanday hujjatlar talab etiladi?

 

– oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurat;

– tug‘ilganlik haqida guvohnoma (metrika);

– ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti (ID-kartasi) ma’lumotlari;

– bog‘lanish uchun telefon raqamlari.

 

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

 

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishi bo‘yicha 8-sinfni tugatgan o‘quvchilar 9-sinfga qabul qilinadi.

 

“Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturiga qanday hujjatlar talab etiladi?

 

— oxirgi 2 oy davomida tushirilgan fotosurat;

— tug‘ilganlik haqida guvohnoma (metrika);

— ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti (ID-kartasi) ma’lumotlari;

— bog‘lanish uchun telefon raqamlari.

 

“Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturiga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

 

— 9-sinfni tamomlab, 10-sinfga o‘tgan iqtidorli o‘quvchilar.

 

Eslatib o‘tamiz, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, sport, muhandislik, jasorat maktablari hamda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatlarga qabul imtihoni materiallari spetsifikatsiyasi e’lon qilingan. Quyidagi havolada imtihon materiallari spetsifikatsiyasi bilan tanishishningiz mumkin.