2026-yilning dastlabki uch oyida Oʻzbekistonda taʼlim xizmatlari bozori sezilarli oʻsishni qayd etdi. Hududlar kesimida eng yuqori koʻrsatkich Toshkent shahrida qayd etilib, taʼlim xizmatlari hajmi 5,7 trillion soʻmni tashkil qilgan.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 11 trln soʻmni tashkil etgan. Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,5 foizga oshgan.
Hududlar kesimida taʼlim xizmatlari hajmi quyidagicha:
– Toshkent shahri — 5,7 trln soʻm;
– Samarqand viloyati — 761,2 mlrd soʻm;
– Fargʻona viloyati — 645,5 mlrd soʻm;
– Andijon viloyati — 576,1 mlrd soʻm;
– Namangan viloyati — 520,6 mlrd soʻm;
– Toshkent viloyati — 466,7 mlrd soʻm;
– Buxoro viloyati — 464,0 mlrd soʻm;
– Qashqadaryo viloyati — 423,4 mlrd soʻm;
– Surxondaryo viloyati — 358,8 mlrd soʻm;
– Xorazm viloyati — 340,3 mlrd soʻm;
– Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 328,8 mlrd soʻm;
– Jizzax viloyati — 175,8 mlrd soʻm;
– Navoiy viloyati — 134,5 mlrd soʻm;
– Sirdaryo viloyati — 115,7 mlrd soʻm.
Avvalroq, bozor xizmatlari ichida eng yuqori oʻsish surʼati taʼlim sohasida kuzatilayotgani haqida xabar bergan edik.
