Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining tegishli buyrug‘iga binoan, bir nechta tayinlovlar amalga oshirildi.
Bular quyidagilar:
Burxon Axmedov — Ichki audit departamenti direktori;
Baxadir Dadabayev — Jamoatchilik asosida vazirning murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi;
Baxtiyor Aminov — Vazir yordamchisi;
Behzod Xo‘jaqulov — Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi boshlig’i;
Xusan G‘aniyev — Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish boshqarmasi boshlig’i;
Dilshod Yusupov — Hududlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarma boshligʻi;
Rustam Uktamov — Infratuzilmani rivojlantirish va binolarni ekspluatatsiya qilish boshqarmasi boshligʻi;
Azamat Nishanov — Davlat xususiy sheriklikni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi;
Qahramon Almardanov — O‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar boshqarmasi boshligʻi;
Sirojiddin Abdukarimov — Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, raqamlashtirish va sun’iy intellektni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
