O‘zbekistonda nodavlat maktablar soni 21 foizga oshdi (statistika)

O‘zbekistonda nodavlat maktablar soni 21 foizga oshdi (statistika)

2025/2026-o‘quv yili boshiga kelib O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 551 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich avvalgi o‘quv yiliga nisbatan 96 taga yoki 21,1 foizga oshgan.

 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili boshiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat maktablar soni 551 tani tashkil etgan.

 

Avvalroq e’lon qilingan statistikaga muvofiq 2024/2025-o‘quv yili boshida mamlakatda 455 ta nodavlat umumta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan edi.

 

Toshkent shahri yetakchilikni saqlab qolmoqda

 

Hududlar kesimida eng ko‘p xususan maktablar yana Toshkent shahrida qayd etilgan. Poytaxtdagi xususiy umumta’lim tashkilotlari soni bir yil ichida 131 tadan 145 taga yetgan.

 

Ikkinchi o‘rinda esa Farg‘ona viloyati qayd etilgan bo‘lib, hududdagi nodavlat maktablar soni 93 tadan 121 taga oshgan.

 

Hududlar kesimida nodavlat umumta’lim tashkilotlari soni quyidagicha:

 

Toshkent shahri — 145 ta

Farg‘ona viloyati — 121 ta

Samarqand viloyati — 43 ta

Andijon viloyati — 37 ta

Namangan viloyati — 37 ta

Buxoro viloyati — 32 ta

Qashqadaryo viloyati — 31 ta

Toshkent viloyati — 30 ta

Xorazm viloyati — 26 ta

Sirdaryo viloyati — 17 ta

Jizzax viloyati — 12 ta

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 10 ta

Navoiy viloyati — 5 ta

Surxondaryo viloyati — 5 ta

 

Shuningdek, Qashqadaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida ham sezilarli o‘sish qayd etilgan.

 

Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida esa nodavlat maktablar soni eng kam ko‘rsatkichni saqlab qolmoqda — har ikki hududda 5 tadan xususiy maktab faoliyat yuritmoqda.