Yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablar roʻyxati eʼlon qilindi (hududlar kesimida)

Yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablar roʻyxati eʼlon qilindi (hududlar kesimida)

2026-2027-o‘quv yilidan boshlab aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishidagi ixtisoslashtirilgan maktablar quyidagi hududlarda tashkil etiladi. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ma’lum qildi. 

 

Quyida yangi tashkil qilinayotgan ixtisoslashtirilgan maktablar ro’yxati keltirilgan:

 

 Buxoro viloyatida – Romitan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;

Fargʻona viloyatida – So‘x tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;

Jizzax viloyatida – Mirzacho‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;

Samarqand viloyatida – Toyloq tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi;

Sirdaryo viloyatida – Xovos tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;

Toshkent viloyatida – Toshkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.

 

 

Ushbu maktablarning aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-sinflariga hamda tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-, 8-, 9- 10-sinflariga oʻquvchilar belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi.

 

Eslatma! Avvalroq ixtisoslashtirilgan maktablarda yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan fanlari va imtihon shakllari e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.