Maktab va bog‘cha o‘qituvchilari o‘rtacha ish haqidan ancha kam maosh olmoqda — statistika

Maktab va bog‘cha o‘qituvchilari o‘rtacha ish haqidan ancha kam maosh olmoqda — statistika

Milliy statistika qo‘mitasi 2026-yil 1-choragi uchun o‘rtacha oylik ish haqi ma’lumotlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, maktabgacha ta’lim sohasidagi o‘rtacha ish haqi mamlakat bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqidan qariyb 2,7 baravar, umumiy o‘rta ta’limdagi ish haqi esa 1,5 baravar kam.

 

Ma’lum qilinishicha, o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 6 mln 825,9 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,4 % ga o‘sgan.

 

Maktab va bog‘cha o‘qituvchilari o‘rtacha ish haqidan ancha kam maosh olmoqda — statistika

Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha oylik nominal ish haqi Toshkent shahrida qayd etilgan — 11 mln 684,3 ming so‘m. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,8 foizga oshgan.

 

Eng past o‘rtacha ish haqi esa Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan — 4 mln 665,2 ming so‘m. Shuningdek, Surxondaryo viloyatida ham ko‘rsatkich nisbatan past bo‘lib, 4 mln 724,2 ming so‘mni tashkil etgan.

 

O‘sish sur’ati bo‘yicha esa eng yuqori ko‘rsatkich Namangan viloyatida qayd etilgan — 19 foiz. Eng past o‘sish sur’ati Surxondaryo viloyatida kuzatilgan — 12,1 foiz.

 

Maktab va bog‘cha o‘qituvchilari o‘rtacha ish haqidan ancha kam maosh olmoqda — statistika

Ta’lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4 mln 615,9 ming so‘mni tashkil etgan.

 

Ta’lim turlari kesimida eng yuqori ko‘rsatkich oliy ta’lim sohasida qayd etilgan — 10 mln 843,9 ming so‘m.

 

Eng past o‘rtacha ish haqi esa maktabgacha ta’lim sohasiga to‘g‘ri kelgan — 2 mln 485,2 ming so‘m.

 

Umumiy o‘rta ta’limda bu ko‘rsatkich 4 mln 474,8 ming so‘m, texnik va professional ta’limda esa 4 mln 931,9 ming so‘mni tashkil etgan.

 

Avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘qituvchilar oyligi, ustamalar va malaka talablari yuzasidan ma’lumotlar berilgan edi.

 

Vazirlik xodimlari tomonidan so‘nggi 10 yil ichida maktab o‘qituvchilarining oylik maoshi qariyb 3 barobarga oshgani, 2026-yil holatiga ko‘ra, 24 mingdan ortiq pedagog 10 milliondan 20 million so‘mgacha maosh olayotgani aytilgan.

 

Matbuot anjumanida vazir Eʼzoza Karimova o‘qituvchilar daromadidagi o‘sish ularning o‘z ustida ishlashi bilan bevosita bog‘liqligini ta’kidlab, ‘‘Bugun o‘z ustida ishlayotgan o‘qituvchi oshirilgan maoshni olyapti’’ – degan edi.