2026-yil uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasining ochiq stipendiya tanloviga hujjatlar qabuli bugun, 24-aprel kuni soat 23:59 da yakunlanadi. Nomzodlardan arizalarni to‘liq va belgilangan talablarga muvofiq topshirish, barcha ma’lumotlarni qayta tekshirish tavsiya etiladi.
Xabaringiz bor, “El-yurt umidi” jamg‘armasining nufuzli xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda tahsil olish uchun 2026-yilgi birinchi ochiq stipendiya tanlovi e’lon qilingan edi.
Hujjatlar maxsus onlayn platforma orqali 3-apreldan buyon qabul qilinmoqda va bugun kun yakuniga qadar (soat 23:59 gacha) davom etadi.
Ma’lumot uchun: 2026-yil 3-apreldan 23-aprelga qadar tanlovning onlayn platformasida 13 500 nafardan ziyod kishi roʻyxatdan oʻtgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “El-yurt umidi” stipendiya tanlovining shartlari, talablar va imkoniyatlari haqida batafsil xabar bergan edik. Mazkur havola orqali jarayonga oid barcha muhim ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
