Toshkent shahrining Olmazor tumanida 4-sinf oʻquvchilari yoʻlni kesib oʻtayotgan paytda “Damas” avtomobili ulardan birini urib, voqea joyidan ketib qolgan. Hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, voqea taxminan soat 11:30 atrofida Keles yoʻli koʻchasida, oilaviy poliklinika qarshisida yuz bergan.
Maʼlumotlarga koʻra, 4-sinfda oʻqiydigan oʻquvchilar yoʻlni kesib oʻtayotgan vaqtida “Damas” rusumli avtomobil ulardan birini urib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan.
Guvohlarning aytishicha, hodisa sodir boʻlgan hududda avtomobillar qatnovi zichligi, baʼzi paytlarda svetoforlar ishlamasligi ham kuzatilishi taʼkidlangan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB bergan maʼlumotga koʻra, oʻquvchilar yoʻlni yugurib kesib oʻtishga uringan. Hodisa oqibatida oʻquvchilardan biri yiqilganda, peshona qismida gʻurra (gematoma) hosil boʻlgan.
Ayni vaqtda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Samarqand viloyati Urgut tumanida maktab o‘quvchisi 5 yoshli qizchani urib yuborgan edi.
