Magistraturaga oʻqishga qabul qilishda yangi tizim joriy etiladi — Prezident Farmoni

Magistraturaga oʻqishga qabul qilishda yangi tizim joriy etiladi — Prezident Farmoni

2027/2028 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasiga o‘qishga qabul qilishning yangi tizimi joriy qilinadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Bu haqda Prezidentining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmonida belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Bunda:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

– magistraturaga o‘qishga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabini saqlab qolish;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

– oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli ixtisoslik fanlari bo‘yicha qo‘shimcha imtihon o‘tkazish vakolatini berish;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

– qo‘shimcha imtihon shakli, sinovlar dasturi hamda baholash mezonlari oliy ta’lim tashkiloti tomonidan mustaqil tasdiqlanishi nazarda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shuningdek, Farmonda davlat oliy taʼlim tashkilotlariga quyidagi qoʻshimcha vakolatlarni berish nazarda tutilmoqda:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

  • davlat oliygohi prorektorlarini (mahalliy oliygohining filiali direktor oʻrinbosarlarini) oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan lavozimga tayinlash;

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

  • oʻz tizimidagi ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari rahbarlari, akademik litseylar direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

  • kafedralar shtat birliklari hamda professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamasining minimal miqdorlarini belgilash;

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

  • 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilishda mutaxassislik fanlaridan imtihon shaklini belgilash;

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

  • oʻqishi koʻchirilgan, qayta tiklangan, akademik mobillikdan qaytgan talabalarning oʻzlashtirilgan kreditlarni tan olish, aniqlangan farqlarni topshirish tartibini belgilash;

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

  • xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish shartlari va muddatlarini belgilash, ularga byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan grant kvotalarini ajratish va stipendiya belgilash;

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

  • chet el fuqarolari uchun kontrakt toʻlovlari boʻyicha chegirmalar berish;

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

  • xalqaro reyting tashkilotlari bilan oliygohni xalqaro reytingga kiritish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Avvalroq, endi bakalavriatni xorijiy tilda yakunlagan talabalardan taʼlimning keyingi bosqichida xorijiy til sertifikati so‘ralmasligi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Magistraturaga oʻqishga qabul qilishda yangi tizim joriy etiladi — Prezident Farmoni⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠