Pedagog va tarbiyachilar ishga tayinlanishidan avval maxsus psixologik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak – Bolalar ombudsmani

Pedagog va tarbiyachilar ishga tayinlanishidan avval maxsus psixologik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak – Bolalar ombudsmani

Navoiy shahrida tarbiyachi bolalarga qo‘pollik qilib, ularga qo‘l ko‘targani haqida xabar beregan edik. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani qo‘shimcha izoh berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Izohga ko‘ra, holat Ombudsman nazoratiga olinib, IIV va MTMB tomonidan o‘rganilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Aniqlanishicha, joriy yilning 8-aprel kuni Navoiy shahrida joylashgan xususiy bolalar bog‘chasida tarbiyachi E.N.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ (2003 yilda tug‘ilgan ayol) voyaga yetmagan bolalar D.S.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ M.Z.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ larga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lib, ularga jismoniy kuch ishlatgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tarbiyachining nomaqbul harakatlariga huquqiy baho beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bolaga nisbatan qo‘pol xatti-harakatlari fakti Viloyat MTMTB tomonidan o‘rganilib, tarbiyachi E.N bilan tuzilgan mehnat shartnoma bekor qilindi, muassasa faoliyati hozirda to‘xtatildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mutasaddi idoralar bu kabi zo‘ravonlik holatlarni oldini olish bo‘yicha preventiv choralar va tizimli nazorat kuchaytirilishiga jiddiy e’tibor qaratishi zarur.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Jumladan, pedagog va tarbiyachilar tegishli vazifa yoki lavozimga tayinlanishidan avval maxsus psixologik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak. Nomunosib xulqli, bola sog‘lig‘i uchun xavfli shaxslar ta’lim-tarbiya muassasalarida faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Chunki ta’lim muassasasi bola uchun tazyiq va qo‘rquv manbai emas, balki sog‘lom, xavfsiz va do‘stona muhit makoni bo‘lishi shart, – deyiladi Bolalar ombudsmani e’lon qilgan xabarda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠