pedagog.uzedu.uz platformasi orqali qanday apellyatsiya berish mumkin?

pedagog.uzedu.uz platformasi orqali qanday apellyatsiya berish mumkin?

2026-yilgi yanvar–iyun oylarida o‘tkazilayotgan malaka (test) sinovlari natijalari bo‘yicha apellyatsiya berish imkoniyati mavjud. Sinov natijalaridan norozi pedagoglar pedagog.uzedu.uz platformasi orqali shikoyat arizasini yuborishingiz mumkin.

 

Apellyatsiya yuborish tartibi:

 

  • Pedagog platformasiga kiring;

 

  • “Apellyatsiyalar” bo‘limini tanlang;

 

  • “Apellyatsiya yuborish” tugmasini bosing;

 

  • Tegishli murojaatingizni tanlang;

 

  • Apellyatsiya formasini to‘ldiring — kerakli ma’lumotlarni kiriting, apellyatsiya turi, e’tiroz sababi va matnini yozing;

 

  • Barcha ma’lumotlarni tekshirib, yuborish tugmasini bosing — so‘nggi tekshiruvni o‘tkazib, apellyatsiyani yuboring;

 

Apellyatsiya yuborganingizdan so‘ng, murojaatingiz ko‘rib chiqiladi va javob yuboriladi.

 

Avvalroq, endi magistratura talabalari stajirovka natijalaridan norozi bo‘lsa, apellyatsiya berishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

 

pedagog.uzedu.uz platformasi orqali qanday apellyatsiya berish mumkin?