7-aprel kuni malaka sinovlarida yuqori natija ko‘rsatgan kimyo fani o‘qituvchilari e’lon qilindi

7-aprel kuni malaka sinovlarida yuqori natija ko‘rsatgan kimyo fani o‘qituvchilari e’lon qilindi

Bugun, 7-apreldan boshlab umumta’lim maktablarining kimyo fani o‘qituvchilari uchun toifa sinovlari o‘tkazildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Unda hududlar kesimida bir nechta o‘qituvchilar yuqori natijalar olgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xabaringiz bor, 2026-yil 7-aprel kunidan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun oʻquv fanlaridan malaka (test) sinovlari boshlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur kimyo fanidan o‘tkazilgan attestatsiya sinovlarida bir qancha o‘qituvchilar yuqori natijalarni qayd etishdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Jumladan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati kimyo fani o‘qituvchisi Tohirjon Hasanov — 94 ball;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— Toshkent shahridagi 90-maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Aziz Alijonov — 90 ball;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— Samarqand shahridagi 58-umumta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Shoxrux Qobilov — 86 ball;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— Dang‘ara tumanidagi 10-umumta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Bunyodjon Bo‘tayev — 94 ball;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— Gʻijduvon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Furqat Salimov — 84 ball;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— Vobkent tumanidagi 8-umumta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Madinabonu Jo‘rayeva — 80 ball;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— Shofirkon tumanidagi 16-umumta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Gulsanam Naimova — 82 ballni qo‘lga kiritdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot uchun, malaka toifa sinovlarida test topshiriqlarini bajarish uchun har bir fan o‘qituvchilariga vaqt meʼyorlari belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur vaqt me’yorlari bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠