Pedagoglar attestatsiyasida testlarni bajarish uchun ajratilgan vaqt me’yorlari (fanlar kesimida)

Pedagoglar attestatsiyasida testlarni bajarish uchun ajratilgan vaqt me’yorlari (fanlar kesimida)

Pedagoglar uchun bo‘lib o‘tadigan malaka toifa sinovlarida test topshiriqlarini bajarish uchun har bir fan o‘qituvchilariga vaqt meʼyorlari belgilangan.

 

Avvalroq, 2026-yil yanvar–iyun oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasining birinchi va ikkinchi bosqichlari uchun mutaxassislik fani, kasbiy standartlar hamda pedagogik mahoratni baholash boʻyicha tavsiyalar (spetsifikatsiyalar) va adabiyotlar roʻyxati tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

 

Unga koʻra, maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun:

 

1-bosqichda: mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha 40 ta (35 ta fandan + 5 ta kasbiy standartdan) test topshirigʻi;

 

2-bosqichda: pedagogik mahoratni aniqlash boʻyicha 10 ta test topshirigʻi beriladi (jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati oʻqituvchilari bundan mustasno).

 

Har bir toʻgʻri bajarilgan topshiriq 2 ball bilan baholanib, jami 100 ball toʻplash imkoniyati beriladi.

 

Test topshiriqlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt meʼyorlari:

 

Fan o‘qituvchilari Ajratilgan vaqt
Boshlang‘ich ta’lim (barcha tillar uchun) 120 daqiqa
Biologiya, Kimyo, Fizika, Matematika, Informatika va axborot texnologiyalari 120 daqiqa
Ona tili va adabiyot, Davlat tili, Rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq, Qozoq, Qirg‘iz, Tojik, Turkman tillari va adabiyoti 105 daqiqa
Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Koreys tili, Yapon tili, Xitoy tili, Hind tili 105 daqiqa
Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari 90 daqiqa
Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya, Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik 90 daqiqa
Psixolog, Defektolog-pedagog, Logoped-pedagog 90 daqiqa
Jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati (1-bosqich, 40 ta test) 90 daqiqa
MTT xodimlari (Direktor o‘rinbosari, psixolog, musiqa rahbari, tarbiyachi, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, logoped) 90 daqiqa
Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ta’lim tashkilotlari pedagoglari (2 bosqich pedagogik mahorat bo‘yicha 10 ta savol) 20 daqiqa