Termiz shahridagi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyining 17 nafar oʻquvchisi bir nechta fanlardan milliy sertifikatlarga ega bo‘ldi. Shundan 12 nafari muddatidan avval 189 ball toʻplagan (imtiyozi ham bor).
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi DXX Chegara qo‘shinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 473-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Muddatidan avval 189 ball to‘plaganlar:
Alimbayev Muhammadali Azamatovich – tarix A, CEFR B2, o‘zbek tili va adabiyot B, matematika C
Bobodjonov Saydulloh Jaxongir o‘g‘li – tarix A, matematika hamda o‘zbek tili va adabiyot B, CEFR B2
Dursoatov Zafar Uchqun o‘g‘li – tarix A+, rus tili va adabiyot A+, o‘zbek tili va adabiyot B+, CEFR B2, matematika C+
Mirmuxamadov Mirabbos Mirto‘ra o‘g‘li – tarix A, o‘zbek tili va adabiyot B, CEFR B2, matematika C
Mirzayev Muhammadjon Farxod o‘g‘li – tarix A+, o‘zbek tili va adabiyot B, CEFR B2, matematika C+
Nurmuxammedov Shaxriyor G‘ulomjon o‘g‘li – tarix A+, o‘zbek tili va adabiyot C, CEFR B2, matematika C+
Nurullayev Dushan Shaydulla o‘g‘li – tarix A, o‘zbek tili va adabiyot B, CEFR B2, matematika C+
Raximov Adham G‘ayrat o‘g‘li – tarix A, o‘zbek tili va adabiyot A+, matematika B+, CEFR B2
Rustamov Jamshid Jaxongirovich – tarix A, o‘zbek tili va adabiyot B, CEFR B2, matematika C
Xolmuminov Umrbek Hamzayevich – tarix A, matematika hamda o‘zbek tili va adabiyot B, CEFR B2
Xursandov Odiljon Ortiq o‘g‘li – tarix A, CEFR B2, matematika hamda o‘zbek tili va adabiyot C+
Yuldoshboyev Behro‘zbek Sobirjon o‘g‘li – tarix A+, CEFR B2, o‘zbek tili va adabiyot C+, matematika C
Shuningdek, fanlari qoplangan o‘quvchilar:
Abduqaxorov Shoyadbek Qodirjon o‘g‘li – o‘zbek tili va adabiyot, fizika hamda matematika B, tarix C
Homidov Shohjahon Husanjon o‘g‘li – tarix B, CEFR B2, matematika hamda o‘zbek tili va adabiyot C
Mardonov Bahrom Abduraxim o‘g‘li – CEFR B2, tarix hamda o‘zbek tili va adabiyot B, matematika C
Xo‘shboqov Og‘abek Shotura o‘g‘li – tarix A+, CEFR B1, matematika hamda o‘zbek tili va adabiyot C
Zikrillayev Imomali Jaloliddinovich – CEFR B2, matematika hamda tarix B+, o‘zbek tili va adabiyot B
Imtiyoz
Mazkur litsey bitiruvchilariga quyidagi imtiyozlar beriladi:
- “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyini imtiyozli diplom bilan tugatganlarga ta’lim yo‘nalishiga qarab, DXX akademiyasi yoki Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Chegara fakultetiga test sinovlarisiz kirish huquqi beriladi;
- Oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida to‘plagan ballning 30 foizi miqdorida, respublikaning boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballning 15 foizi miqdorida qo‘shimcha ball ko‘rinishida imtiyoz beriladi;
- Bitiruvchilar “B” va “C” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, muddatidan avval 189 ball to‘plagan o‘quvchilar oliy harbiy ta’lim muassasalari va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga hujjat topshirishni rejalashtirgan. Litseyning mas’ul xodimi G‘oyibjon Zulpiyevning ta’kidlashicha, mazkur o‘quvchilar qat’iy belgilangan kun tartibi asosida 1 yarim yil muddatda asosiy darslardan keyingi to‘garak vaqti hisobidan sertifikatlarga tayyorgarlik ko‘rishgan.
Avvalroq, Angrenda bir maktabning 14 nafar o‘quvchisi muddatidan oldin 189 ball, yana 7 nafari SAT 1200+ ballik sertifikatlarni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, IIV Akademiyasi magistratura bosqichiga hujjat topshirish boshlangani haqida xabar bergan edik.
