Malaka sinovlarini ijodiy va nazariy shaklda topshiradigan pedagog kadrlari uchun oʻquv fanidan malaka sinovlari joriy yilning 13-aprelidan 27-apreligacha boʻlib oʻtadi.
Mazkur malaka sinovlarida Bolalar musiqa va sanʼat maktablari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, Respublika musiqa va sanʼat texnikumi, Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk texnikumi, Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyining mutaxassislik fanlari boʻyicha pedagog kadrlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining “Musiqa madaniyati” fani oʻqituvchilari ishtirok etadi.
Hududlar kesimida pedagog kadrlarning oʻquv fanidan malaka (ijodiy, nazariy) sinovlarini oʻtkazish joyi, manzili va sanasi reja-grafikda belgilangan.
Malaka sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya):
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Fargʻona viloyati
Jizzax viloyati
Namangan viloyati
Navoiy viloyati
Qashqadaryo viloyati
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Toshkent shahar
Toshkent viloyati
Xorazm viloyati
Muhim: Malaka sinovlarida ishtirok etish uchun pedagoglardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda oldindan toʻldirilgan soʻrovnoma talab etiladi.

