“El-yurt umidi” jamgʻarmasining nufuzli xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarda tahsil olish uchun 2026-yil birinchi ochiq stipendiya tanlovi eʼlon qilindi.
Hujjatlar maxsus onlayn platforma orqali bugundan, 2026-yil 3-apreldan 24-aprelga qadar (shu kunning oʻzida ham 23:59 ga qadar) qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun, mazkur stipendiya Prezidentning 2025-yil 5-maydagi “Iqtidorli mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash, ularda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-77-son farmoniga asosan joriy etilgan.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari yetakchi xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarda quyidagi taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun ajratiladi:
— bakalavriatda — 3-4-yilga qadar;
— magistratura (ordinatura) — 1-2-yilga qadar;
— doktorantura (aspirantura) — 3-4-yilga qadar.
Boshqaruv kengashi qarori bilan ayrim rivojlangan davlatlar taʼlim muassasalarida bir yilgacha bakalavriatga tayyorlov kurslari (Foundation year/course) xarajatlari tayyorlov kursi va bakalavriatda oʻqishning umumiy muddati 4-yildan oshmasligi sharti bilan Jamgʻarma tomonidan moliyalashtirilishi mumkin.
Mavzuga doir: “El-yurt umidi” stipendiyasi kimlarga va qay tartibda taqdim etiladi?
