Bugun, 1-aprel kuni “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan “Milliy tanlov” natijalari e’lon qilindi. Bu haqda loyihaning rasmiy telegram sahifasida ma’lum qilindi.
Prezident tashabbusiga ko‘ra, “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasida ishtirok etgan “Eng faol oliy ta’lim tashkiloti”, “Eng faol maktab”, “Eng faol informatika fani o‘qituvchisi” va “Eng faol ishtirokchi” bo‘lgan talaba va o‘quvchilarni qimmatbaho sovg‘alar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanishi bo‘yicha “Milliy tanlov” tashkil etildi.
“Milliy tanlov”da 2025-yilda eng yuqori natijaga erishgan “Eng faol ishtirokchi”, “Eng faol oliy ta’lim tashkiloti”, “Eng faol informatika fani o‘qituvchisi” hamda “Eng faol maktab” yo‘nalish g‘oliblari aniqlandi.
1-yo‘nalish “Eng faol ishtirokchi” yoʻnalishidagi gʻoliblar:
“Milliy tanlov” doirasida eng faol ishtirok etgan bir guruh oʻquvchi, talaba va yoshlar g‘olib deb topildi. Ularga qimmatbaho sovgʻalar (Noutbuk, planshet va boshqa qimmatbaho texnikalar) topshirilgan.
Sovrindorlar roʻyxati bilan ushbu havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
O’quvchilar ro’yxati – Faylni yuklash
Talabalar ro’yxati – Faylni yuklash
Yoshlar ro’yxati – Faylni yuklash
2- yo‘nalish g‘oliblari:
100 nafar “Eng faol informatika fani o‘qituvchisi” yoʻnalishidagi gʻoliblar aniqlandi.
Xar bir g’olib bo’lgan ustozga $1000 miqdorida pul mukofoti beriladi.
Gʻoliblar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
3-yo‘nalish g‘oliblari:
10 nafar xorijga sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan “Eng faol informatika fani o‘qituvchisi” yoʻnalishidagi gʻoliblar aniqlangan.
“Milliy tanlov” doirasida eng faol ishtirok etgan 10 nafar informatika fani oʻqituvchilari g‘olib deb topilgan. Ular xorijga safar yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.
Sovrindorlar roʻyxati – Faylni yuklash
4-yo‘nalish g‘oliblari:
“Eng faol oliy ta’lim tashkiloti” yoʻnalishida gʻoliblar aniqlangan.
Gʻolib deb topilgan OTMʼlar:
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 100 mln soʻm,
Buxoro davlat texnika universiteti — 50 mln soʻm,
Buxoro davlat universiteti — 25 mln soʻm bilan taqdirlanishi belgilangan.
