Malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi

Malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari joy manzillari maʼlum boʻldi.

 

Malaka (test) sinovlari quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi: 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi

Manzil: Nukus shahri Ye.Alako‘z ko‘chasi 54-uy
Mo‘ljal: MEGA NUKUS savdo majmuasi yonida

 

Andijon viloyati — viloyat Pedagogik mahorat markazi

Manzil: Andijon shahar, Istiqlol ko‘chasi 8-uy
Mo‘ljal: malaka oshirish instituti

 

Buxoro viloyati  — Buxoro shahridagi 44-maktab

Manzil:  Buxoro shahar  «Bog‘ishamol ko‘chasi, 5-uy
Mo‘ljal:  Sharq (oldingi Pedagogika kolleji binosi);

 

Jizzax viloyati — Jizzax shahar 4-maktab

Manzil: Jizzax shahar, Kimyogar mahallasi To‘qimachilar ko‘chasi 45-uy;
Mo‘ljal: viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi.

 

Qashqadaryo viloyati — viloyat Pedagogik mahorat markazi

Manzil: Qarshi shahar Olimlar ko‘chasi 2-uy
Mo‘ljal: Qarshi davlat universiteti.

 

Navoiy viloyati — Navoiy shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi

Manzil: Navoiy shahar Aloqa ko‘chasi 6-uy
Mo‘ljal: Navoiy savdo markazi (SUM) orqa tomonida.

 

Namangan viloyati — Namangan shahridagi 15-maktab

Manzil: Namangan shahri, Gʻishtko‘prik MFY, Uychi ko‘chasi, 329-A uy
Mo‘ljal: Chorsu.

 

Samarqand viloyati — viloyat Pedagogik mahorat markazi

Manzil: Samarqand shahri, Hasan Obiddinov ko‘chasi, 7-uy
Mo‘ljal: Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi

 

Surxondaryo viloyati — Termiz shahridagi 14-sonli maktab

Manzil: Termiz shahar «A.Jomiy» MFY, So‘fi Olloyor ko‘chasi, 4/54-uy.
Mo‘ljal: «TERMIZ-BAQTRIYA-SAVDO» buyum bozori.

 

Sirdaryo viloyati — Guliston shahar viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi

Manzil: Guliston shahar, Shodlik MFY, Navoiy shoh ko‘chasi 55-uy
Mo‘ljal: Guliston shahar istirohat bog‘i

 

Toshkent viloyati — Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy, mo‘ljal: Metroning «Tinchlik» bekati, «IMZO» firmasining eski binosi.

 

Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahridagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi

Manzil: Farg‘ona shahar, “Istiqlol” MFY, A.Qodiriy ko‘chasi -13A.

Mo‘ljal: “Chery” avtosaloni.

 

Xorazm viloyati  — Urganch shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi (Al-Beruniy maktabi)

Manzil: Urganch shahar 4-Yuqori bog‘ mahallasi Maxtumquli ko‘chasi 229-a-uy.
Mo‘ljal: Omad to‘yxonasi (omad bowling) yoki Urganch shahar 4-son ichki ishlar bo‘limi

 

Toshkent shahri —Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy
Mo‘ljal: Metroning «Tinchlik» bekati, «IMZO» firmasining eski binosi.

 

Avvalroq, 2026-yil uchun pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish uchun malaka sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi tasdiqlangan edi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish