2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari 2026-yil 26-maydan 15-iyungacha o‘tkaziladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 16-martdagi 102-son buyrug‘ida ma’lum qilingan.
9-sinflar uchun fanlar:
- Ona tili va adabiyot / Davlat tili — Yozma shaklda;
- Matematika — Yozma shaklda;
- O‘zbekiston tarixi — Yozma/og‘zaki shaklda
- Jismoniy tarbiya — Amaliy shaklda
11-sinflar uchun fanlar:
Majburiy fanlar:
- Ona tili va adabiyot / Davlat tili — Yozma shaklda;
- Matematika (asosiy yoki chuqurlashtirilgan) — Yozma shaklda;
- Tarix — Yozma shaklda;
Tanlov fanlar (2 ta tanlanadi):
- Ona tili va adabiyoti — Yozma shaklda;
- Biologiya — Yozma shaklda;
- Fizika — Yozma shaklda;
- Kimyo — Yozma shaklda;
- Huquq — Yozma shaklda;
- Geografiya — Yozma shaklda;
- Chet tili — Yozma/og‘zaki shaklda.
Qoraqalpoqiston Respublikasidagi umumta’lim maktablari uchun davlat tili imtihonini qoraqalpoq tilida topshirish tavsiya etiladi.
11-sinf bitiruvchilari 3 ta majburiy va 2 ta (Matematika (Chuqurlashtirilgan) variantini tanlagan o‘quvchilar uchun 1 ta) tanlov fanlardan imtihon topshirishlari kerak bo‘ladi.
Matematika fanidan 11-sinf bitiruvchilari berilgan 2 ta variantdan birini tanlashlari mumkin:
— Matematika (Asosiy): Umumta’lim dasturidagi asosiy bilim va ko‘nikmalar baholanadi.
— Matematika (Chuqurlashtirilgan): Umumta’lim chuqurlashtirilgan dasturidagi bilim va ko‘nikmalar baholanadi.
11-sinfda o‘quvchining ixtiyoriga ko‘ra tanlov fanlar yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilishidan bir oy oldin uning arizasiga ko‘ra tanlanadi.
Qaraqalpaq tilinde:
9 hám 11-klass pitkeriwshiler ushın imtixanlar 2026-jıl 26-maydan 15-iyunge shekem ótkeriledi.
9- klass ushın:
- Ana tili hám ádebiyat / Mámlékettik til
- Matematika
- Ózbekstan tariyxı
- Dene tárbiyası
11- klass ushın:
- Májburiy pánler:
- Ana tili hám ádebiyat / Mámlékettik til
- Matematika (tiykarǵı yamasa tereńlestirilgen)
- Tariyx
Tańlaw pánleri:
- Ana tili hám ádebiyat
- Biologiya
- Fizika
- Ximiya
- Huqıq tiykarları
- Geografiya
- Shet tili
11-klass pitkeriwshiler 3 májburiy hám 2 saylaw páninen imtixan tapsıradı.

