Ramazon hayiti munosabati bilan bugun barcha xodimlar ishdan bir soat vaqtli ketishi mumkin

Ramazon hayiti munosabati bilan bugun barcha xodimlar ishdan bir soat vaqtli ketishi mumkin

Xabaringiz bor, ertaga, 20-mart kuni – Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan bugun barcha xodimlar ish vaqtidan bir soat avval uyga ketishlari mumkin.

 

Mehnat kodeksining 187-moddasiga asosan ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida ish vaqti barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

 

Bu qoida smena asosida ishlovchilarga ham tegishli.

 

Ish vaqti 1 soatga qisqartiriladi, lekin ish haqi toʻliq toʻlanadi.

 

Bayramdan oldingi kuni ish vaqtini 1 soatga qisqartirish imkoni boʻlmaganda aynan shu 1 soat uchun otgul berilishi yoki kamida 2 baravar haq toʻlanishi kerak.

 

Bu qoida xodimlarga bayramga tayyorgarlik koʻrish, oilasiga koʻproq vaqt ajratish va dam olishga sharoit yaratish uchun berilgan qoʻshimcha ijtimoiy kafolat hisoblanadi.

 

Shuningdek, Transport vazirligining xabar berishicha, Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan 20-mart kuni Toshkent shahri jamoat transporti (avtobus va metropoliten) ish faoliyatini ertalabki soat 04:00 dan boshlaydi.

 

“Ushbu qaror jamoat transporti orqali hayit namozida ishtirok etishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun qulaylik yaratish, yoʻllarda tirbandliklarni oldini olish hamda Ramazon hayiti bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini koʻrsatish maqsadida qabul qilindi”, deyiladi xabarda.