Maktablar uchun bahorgi ta’til sanasi e’lon qilindi

Maktablar uchun bahorgi ta’til sanasi e’lon qilindi

Ramazon hayiti 20-mart sanasida nishonlanishi munosabati bilan o‘quvchilarning bahorgi ta’tili 20-martdan boshlanib 28-martga qadar davom etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati ma’lum qildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunda o‘quv yilining 4-choragi 30-mart (dushanba) kunidan boshlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Joriy o‘quv yilining 20-mart (juma) kunidagi va 28-mart (shanba) kunidagi o‘quv mashg‘ulotlari 4-chorakda o‘quv dasturlariga tig‘izlashtirilgan holda o‘qitiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot o‘rnida, Prezidentning “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Xabaringiz bor, Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan xodimlar uchun dam olinadigan kunlar ketma-ketligi haqida berilgan edi. Bunda:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

  • 20-mart (juma) – Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni;
  • 21-mart (shanba) – Navro‘z bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;
  • 22-mart (yakshanba) – dam olish kuni;

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

23-mart (dushanba) – 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni (ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan dam olish kuni) 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ish kuni.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Uzbekistan Airways Navro‘z va Ramazon Hayiti munosabati bilan ichki qatnovlarga chegirmalar e’lon qilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠