Ramazon hayiti va Navro‘z munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Ramazon hayiti va Navro‘z munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

O‘zbekistonda Ramazon hayiti va Navro‘z bayramlari munosabati bilan dam olish kunlari belgilandi. Ayrim toifadagi xodimlar uchun dam olish kunlari ketma-ket uzayadi.

 

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, bayramlar munosabati bilan quyidagi kunlar dam olish kunlari etib belgilangan:

 

— 20-mart (juma) – Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni;

 

— 21-mart (shanba) – Navro‘z bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;

 

— 22-mart (yakshanba) – dam olish kuni;

 

— 23-mart (dushanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni.

 

Qayd etilishicha, 23-martdagi dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani sababli keyingi ish kuniga ko‘chirilgan. 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun esa ushbu kun ish kuni hisoblanadi.

 

Avvalroq, Uzbekistan Airways Navro‘z va Ramazon Hayiti munosabati bilan ichki qatnovlarga chegirmalar e’lon qilgan edi.