Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari qachon chiqadi?

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari qachon chiqadi?

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 31-yanvar, 1-2- va 7-8-fevral kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazilgan edi.

 

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

 

Imtihonlarda jami 102 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 98 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

 

Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinishi kerak.

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi ham Talimxabarlari.uz saytiga natijalar bugun e’lon qilinishini ma’lum qilgan.

 

Xulosa qilib aytganda, ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihon natijalari bugun e’lon qilinadi.

 

Natijalar ayrim ishtirokchilarning shaxsiy kabinetlarida ko‘ringan bo‘lishi mumkin. Chunki barcha natijalar ketma-ketlikda joylashtirib boriladi.

 

Imtihon natijasini kutayotgan ishtirokchilardan, o‘z shaxsiy kabinetlarini yangilab borishlarini tavsiya etamiz.

 

Shuningdek, ona tili va adabiyot milliy sertifikat imtihonida test va yozma ish uchun alohida vaqt belgilanishi mumkin. 

 

Bu bo‘yicha maxsus so‘rovnoma tashkil etilib, soʻrovnomada ona (oʻzbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan 2025-yil 1-3-, 8-9-noyabr yoki 2026-yil 31-yanvar, 1-2-, 7-8-fevral kunlari oʻtkazilgan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etgan talabgorlar qatnashishi belgilangan.

 

Soʻrovnoma o‘tkazish uchun maxsus Telegram-bot ishlab chiqilib, savollar ushbu botga joylashtirilgan.