Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi

Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi

Kecha, 5-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida farmatsevtika tarmog‘ida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, sohaga texnologiyalar transferini jadallashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilinishi ma’lum qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Qayd etilishicha, ayni paytda farmatsevtika yo‘nalishidagi 6 ta ilmiy-tadqiqot institutida 300 dan ziyod olimlar faoliyat yuritmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shu bilan birga, farmatsevtika oliygohlarini yiliga 1 mingga yaqin yoshlar tamomlamoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Lekin sohada ilm-fan bilan sanoat bir-biridan “uzilib” qolgani sabab Kimyo-farmatsevtika, Vaksina va zardoblar hamda Sharq tabobati institutlari negizida Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilinishi ma’lum qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ushbu institut “Toshkent farma park”da joylashadi va olimlarga bu yerdagi korxonalar bilan ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun sharoit yaratiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Buning uchun, park hududida klinikoldi tadqiqotlarini o‘tkazish laboratoriyasi (vivariy), sinov-tadqiqotlar uchun bio va kimyo laboratoriyalari tashkil qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, 250 o‘rinli xalqaro klinik tadqiqotlar markazi ham barpo etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Yig‘ilish davomida Toshkent farmatsevtika instituti va Farmatsevtika texnik universitetining professor-o‘qituvchilari ham ilmiy faoliyatini farmapark hududida olib borishi qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Oliygoh talabalari esa bu yerdagi korxonalarda dual-ta’lim asosida o‘qib, ishlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ta’kidlanishicha, sohadagi olimlarni jalb qilib, yangi dorilarni ishlab chiqarishni boshlagan korxonalarning 100 ming dollargacha xarajati Farmatsevtika jamg‘armasidan kompensatsiya qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, korxonalar mahalliy olimlar yaratgan yangi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ysa, ularga ushbu tovarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va klinik sinov xarajatlari uchun 100 million so‘mgacha subsidiya beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, fevral oxirida o‘tkazilgan Prezident muloqotida xususiy o‘quv markazlarning soni 3 karra ko‘paygani sabab O‘quv markazlari uyushmasi tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠