Muhokamalar portaliga ‘‘Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga oid qonunchilik buzilishi xavfini tahlil etishning elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida’’ Nizom loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
Ushbu Nizom loyihasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tegishliligi boʻyicha nodavlat oʻrta maxsus, professional, oliy, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim hamda kadrlarni malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subyektlariga oid qonunchilik buzilishi xavfini tahlil etishning elektron tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
Loyihaga ko‘ra, baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tadbirkorlik subyektlarida qonunbuzilish holatlarining oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlari oʻtkaziladi.
Xavf darajalari
Amalga oshirilgan baholash natijalariga koʻra, aniqlangan xavf darajasi umumiy ballari asosida tadbirkorlik subyektlari tomonidan nodavlat oʻrta maxsus, professional, oliy, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim hamda kadrlarni malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha taʼlim xizmatlariga oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi quyidagi 3 xil turga tasniflanadi:
- xavfi yuqori – baholash natijalari boʻyicha 81 va undan yuqori ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
- xavfi oʻrta – baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 80 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
- xavfi past – baholash natijalari boʻyicha 60 ball va undan kam boʻlgan tadbirkorlik subyektlari.
Xavf darajasi oʻrta boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflarning oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlari oʻtkazilgandan soʻng, ham huquqbuzarlik sodir etish alomatlari (bir chorak davomida) ijobiy tomonga oʻzgarmagan holatlardagina tekshiruvga tashabbus qilinishi mumkin.
Bunda, “xavfni tahlil etish” elektron tizimi natijalariga asosan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida oʻn ish kuni oldin tadbirkorlik subyektini uning axborot tizimidagi shaxsiy kabineti yoki pochta aloqasi (agar elektron shaklda xabardor etishning texnik imkoniyati mavjud boʻlmasa) orqali xabardor qilinadi.
Huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlarini oʻtkazmasdan va ularning natijasini kutmasdan quyidagi holatlar doirasida tadbirkorlik subyektida tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqish mumkin:
- aniq fakt va hollar boʻyicha fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligi, atrof-muhitga, jismoniy va yuridik shaxslarning hamda davlat manfaatlariga zarar yetkazish xavfining oldini olish yoki bartaraf etish uchun (jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlari, ommaviy axborot vositalari va boshqa axborot manbalaridan olingan maʼlumotlar);
- tadbirkorlik subyekti tegishli litsenziyasiz yoki ruxsat etuvchi hujjatlarsiz noqonuniy faoliyat koʻrsatayotganligi aniqlanganda.
Ma’lumot uchun, xavf darajasi past boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida Vazirlik tomonidan tekshiruvlar oʻtkazilmaydi.
Avvalroq, mazkur Nizom loyiha doirasida nodavlat oliygohlar faoliyati “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi orqali nazoratga olinishi haqida xabar bergan edik.
Nodavlat oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida qonun buzilishi xavfi darajasini baholash mezonlari va koʻrsatkichlari
| T/r | Xavf darajasini baholash mezonlari va koʻrsatkichlari | Ball |
| 1. | Taʼlim-tarbiya faoliyati yuritiladigan binoga (xonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligi, shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi talablarining bajarilganligi | 2 |
| 2. | Taʼlim-tarbiya jarayonini davlat taʼlim standartlariga (davlat taʼlim talablariga), oʻquv reja va dasturlariga (taʼlim dasturlariga), shuningdek, taʼlim tashkilotlari tomonidan mustaqil ishlab chiqilib, litsenziya olish paytida taqdim etilgan oʻquv dasturlariga muvofiq tashkil etilmaganligi | 15 |
| 3. | Taʼlimning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda boʻlishi, taʼlim jarayonida urushni, zoʻravonlikni targʻib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, taʼlim oluvchilar jinsiga koʻra ajratib oʻqitilishiga (qonunchilikda ayrim oʻquv fanlarni ajratib oʻqitish boʻyicha belgilangan holatlar bundan mustasno), mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va maʼnaviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisida notoʻgʻri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlari buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilganligi | 5 |
| 4. | Taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻquv faoliyati boshlangandan soʻng akademik litseylarda taʼlim jarayonlarini boshqarish – EMIS AL axborot tizimiga kiritmaganligi yoki muntazam ravishda yangilab bormaganligi | 10 |
| 5. | Taʼlim jarayonini qonunchilik hujjatlari bilan davlat taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan kiyinish talablariga hamda taʼlim tashkilotining ichki tartib-qoidalariga va odob-axloq qoidalariga rioya qilgan holda tashkil qilmaganligi | 2 |
| 6. | Nodavlat taʼlim tashkilotiga oʻqishga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilmaganligi | 10 |
| 7. | Nodavlat taʼlim tashkilotlarining nomi, muhrlari, tamgʻalari, lavhalari, eʼlonlari, narxnomalari, ish qogʻozlarining matnlari va boshqa koʻrgazmali hamda ogʻzaki axborot matnlari davlat tilida boʻlmaganligi | 3 |
| 8. | Qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya qilinmaganligi | 10 |
| 9. | Taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil etishda tahsil oluvchilar uchun yer, bino va inshootlarda belgilangan maydonning mavjud emasligi | 10 |
| 10. | Qonunchilikda belgilangan muddatlarda, oʻrnatilgan tartibga muvofiq davlat akkreditatsiyasidan oʻtmaganligi | 2 |
| 11. | Davlat akkreditatsiyasidan oʻtish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etmaganligi | 2 |
| 12. | Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilariga beriladigan diplom maʼlumotlarini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli maʼlumotlar bazasiga kiritilmaganligi | 2 |
| 13. | Talabgor tomonidan depozit hisobvaragʻida zaxira qilinishi lozim boʻlgan mablagʻning minimal miqdori shakllantirilmaganligi | 5 |
| 14. | Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanmaganligi | 2 |
| 15. | Bitta guruh uchun moʻljallangan auditoriya xonalarining minimal hajmiga qo‘yilgan talablar bajarilmaganligi | 2 |
| 16. | Taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar bajarilmaganligi | 2 |
| 17. | Taʼlim tashkilotining tashqi hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchamiga qo‘yilgan talablar bajarilmaganligi | 10 |
| 18. | Taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodim uchun ajratiladigan maydon oʻlchamiga qo‘yilgan talablar bajarilmaganligi | 2 |
| 19. | Axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasi talab darajasida emasligi | 2 |
| 20. | Oʻquv auditoriyalarida taʼlim faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarga qoʻyiladigan minimal talablar bajarilmaganligi | 2 |
| Jami ballar yigʻindisi | 100 | |
Nodavlat kasbiy taʼlim tashkilotlarida qonun buzilishi xavfi darajasini baholash mezonlari va koʻrsatkichlari
| T/r | Xavf darajasini baholash mezonlari va koʻrsatkichlari | Ball |
| 1. | Taʼlim-tarbiya faoliyati yuritiladigan binoga (xonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligi, shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi talablarining bajarilganligi | 2 |
| 2. | Taʼlim-tarbiya jarayonini davlat taʼlim standartlariga (davlat taʼlim talablariga), oʻquv reja va dasturlariga (taʼlim dasturlariga), shuningdek, taʼlim tashkilotlari tomonidan mustaqil ishlab chiqilib, litsenziya olish paytida taqdim etilgan oʻquv dasturlariga muvofiq tashkil etilmaganligi | 2 |
| 3. | Taʼlimning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda boʻlishi, taʼlim jarayonida urushni, zoʻravonlikni targʻib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, taʼlim oluvchilar jinsiga koʻra ajratib oʻqitilishiga (qonunchilikda ayrim oʻquv fanlarni ajratib oʻqitish boʻyicha belgilangan holatlar bundan mustasno), mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va maʼnaviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisida notoʻgʻri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlari buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilganligi | 5 |
| 4. | Taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻquv faoliyati boshlangandan soʻng kasbiy taʼlim jarayonlarini boshqarish – EMIS PT axborot tizimiga kiritilmaganligi yoki muntazam ravishda yangilab borilmaganligi | 10 |