O‘zbekistonda haftaning har payshanba kuni ‘‘Yoshlar kuni’’ etib belgilandi

O‘zbekistonda haftaning har payshanba kuni ‘‘Yoshlar kuni’’ etib belgilandi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti bo‘lib o‘tmoqda. Unga ko‘ra, haftaning har payshanba kuni ‘‘Yoshlar kuni’’ bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qayd etilishicha, har payshanba vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi munosabati bilan sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hokimlar yoshlarbop savdo-servis loyihalarini qiladi, yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganib, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashadi, startapchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, alohida mablag‘ va grantlar ajratadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma’naviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Albatta, yangi metodika va innovatsiya olib kirib, ta’lim sifatini oshirish va bolalarni kasbining ustasi qilish haqida izlanadigan rahbarning faoliyatida o‘zgarish bo‘ladi, ishiga yangicha muhit kiradi”, – dedi davlat rahbari.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Muloqot davomida so‘nggi yillarda yoshlar jahon fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumush, 221 ta bronza medalini qo‘lga kiritgani ta’kidlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, Garvard, Yel, Prinston, Kolumbiya, Kornell kabi dunyoning eng nufuzli oliygohlarida tahsil olayotgan yoshlarimiz 500 nafardan, TOP-100 talikda o‘qiyotgan o‘g‘il-qizlar 3,5 ming nafardan oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘zbekistonlik yosh sportchilar esa xalqaro arenalarda 720 ta oltin, 671 ta kumush va 854 ta bronza medalining sohibi bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠