2026-yil mart oyida dam olish kunlari qanday bo‘ladi?

2026-yil mart oyida dam olish kunlari qanday bo‘ladi?

Bu yil mart oyida o‘zbekistonliklarni bir nechta bayramlar va uzaytirilgan dam olish kunlari kutmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Xususan, 8-mart — Xotin-qizlar kuni hamda 21-mart — Navro‘z bayrami (shuningdek, Ramazon hayiti) taqvim bo‘yicha dam olish kunlariga to‘g‘ri kelmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ushbu qoidaga asosan dam olish kunlari quyidagi tartibda taqsimlanadi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

8-mart — Xotin-qizlar kuni munosabati bilan:

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun 3 kun ketma-ket dam olish kuni bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Bunda 7 mart shanba va 8 mart yakshanba odatiy dam olish kunlari bo‘lsa, 9-mart dushanba kuni bayram yakshanbaga tushgani hisobiga ko‘chirilgan qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun esa 8- va 9-mart kunlari, ya’ni 2 kun dam olish belgilanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

21-mart — Navro‘z va Ramazon hayiti munosabati bilan:

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Joriy yilda Navro‘z bayrami va Ramazon hayitining birinchi kuni aynan bir kunga — 21 mart, shanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Shu sababli, haftada 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun 21 mart (shanba), 22 mart (yakshanba) va 23 mart (dushanba — ko‘chirilgan dam olish kuni) hisobiga jami 3 kunlik dam olish beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun esa 21 va 22-mart kunlari dam olish kuni bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠