Joriy yil 30-yanvar kuni o‘tkazilgan 8-sinflar kesimidagi tabiiy fanlar bo‘yicha Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi natijalari e’lon qilindi.
Statistikaga koʻra, mazkur bosqichda hududlar kesimida jami 18 260 nafar oʻquvchi ishtirok etgan.
Olimpiada natijalarini hududlar kesimida tanishing:
Natijalar bo‘yicha apellyatsiya arizalarni ushbu havolaga yozib qoldirish mumkin. Apellyatsiya arizalari 19-fevral soat 09:00 gacha qabul qilinadi.
Tabiiy fanlardan 7-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan Al-Xorazmiy olimpiadasi natijalari bu yerda: Natijalar
Avvalroq, 7-sinflar hamda 8-sinflar oʻrtasida informatika fanidan oʻtkazilgan Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi natijalari ham eʼlon qilingan edi.
Shuningdek, 16-fevral kuni matematika fanidan 7-sinflar va 8-sinflar oʻrtasida tashkil etilgan Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi natijalari ham maʼlum qilingan.
