Texnikum o‘quvchilari va xotin-qizlar o‘rtasida Prezident sovrini uchun kasbiy mahorat milliy tanlovi o‘tkaziladi

Texnikum o‘quvchilari va xotin-qizlar o‘rtasida Prezident sovrini uchun kasbiy mahorat milliy tanlovi o‘tkaziladi

Prezidentning 2026-yil 16-fevraldagi PF–22-son Farmoniga ko‘ra, texnikum o‘quvchilari va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi o‘tkaziladi.

 

Farmonga muvofiq texnikum o‘quvchilari, yoshlar, xotin-qizlar o‘rtasida mazkur milliy tanlovni o‘tkazish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovini tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
  2. Texnikum o‘quvchilari, yoshlar, xotin-qizlar o‘rtasida kasblar bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish;
  3. Texnikum o‘quvchilari, yoshlar, xotin-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovini o‘tkazish.

 

Tanlov o‘tkaziladigan dolzarb 10 ta kasb belgilanadi. Hududlar darajasida 10 ta kasb bo‘yicha 700 nafar sovrindorlar saralab olinadi.

 

Prezident sovrini uchun kasblar bo‘yicha 120 ta sovrindorlar aniqlanadi.

 

Tanlov g‘oliblari va ularning ustozlari 4,9 million so‘mdan 41,2 million so‘mgacha miqdorda rag‘batlantiriladi.

 

Tanlovning respublika sovrindorlari xalqaro musobaqalarga tayyorlanadi hamda xalqaro musobaqa g‘oliblari 1 milliard so‘m miqdorigacha rag‘batlantiriladi.

 

Avvalroq, 2026/2027 oʻquv yilidan 7 ta hududda o‘quvchilar uchun “Kasblar shaharchalari” tashkil etilishi hamda texnikum o‘quvchilariga stipendiya to‘lanishi haqida xabar bergan edik.