Xabaringiz bor, 29-yanvar kuni Respublika bo‘ylab 7-sinflar o‘rtasida informatika fanidan Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Mazkur olimpiadaning natijalari Fan olimpiadalar markazi tomonidan e’lon qilindi.
Qayd etilishicha ushbu olimpiadada hududlar kesimida 14 018 nafar o‘quvchilar qatnashgan.
Olimpiada natijalarini hududlar kesimida tanishing:
Navoiy viloyati
Natijalar bo‘yicha apellyatsiya arizalarni ushbu havolaga yozib qoldirish mumkin.
Muhim: Apellyatsiya arizalari 17-fevral soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
Ushbu olimpiadaning informatika fanidan 8-sinf bo‘yicha natijalari qisqa fursatlarda e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun: Kecha, 16-fevral kuni Matematika fanidan 7-sinflar hamda 8-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi natijalari e’lon qilingan edi.
