Ustama belgilashda inobatga olinadigan musobaqa, tadbir, koʻrik-tanlov va fan olimpiadalari roʻyxati tasdiqlandi

Ustama belgilashda inobatga olinadigan musobaqa, tadbir, koʻrik-tanlov va fan olimpiadalari roʻyxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 30-yanvardagi 35-son buyrugʻiga ilova sifatida 2026-2027-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy ta’rif stavkalariga direktor jamg‘armasi hisobidan har oylik ustamalar belgilashda o‘quvchilarining ishtiroki natijalari inobatga olinadigan fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro’yxati tasdiqlandi.

 

Quyidagi jadval orqali barchasi bilan batafsil tanishib chiqish mumkin:

 

I. Fan olimpiadalari

1. Asosiy fan olimpiadasi
2. Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science)
3. Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro Kimyo olimpiadasi
(ARBICHO)
4. Xalqaro Yoshlar Bolqon Matematika olimpiadasi
5. Xalqaro Kimyo olimpiadasi (IChO)
6. Xalqaro Matematika Olimpiadasi (IMO)
7. Xalqaro Fizika Olimpiadasi (IPhO)
8. Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI)
9. Jahon Ochiq Astronomiya Olimpiadasiga saralash
10. Xalqaro Matematika Musobaqasi (IMC)
11. Jahon Ochiq Astronomiya Olimpiadasi
12. 22-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasiga saralash
13. 22-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasiga saralash
14. Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralash
15. Nufuzli xalqaro olimpiadalar (IMO, IPhO, IBO, IChO, IOI)
16. 22-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi
17. Xalqaro Jautikov Olimpiadasi
18. Xalqaro Nemis tili olimpiadasiga saralash
19. Xalqaro Ingliz tili olimpiadasi (ELO)
20. Xalqaro Geografiya olimpiadasi (IGeO)
21. Xalqaro Iqtisod Olimpiadasi (IEO)
22. Xalqaro Kavkaz Matematika Olimpiadasi(CMO)
23. Osiyo Tinch okeani mintaqasi Matematika Olimpiadasi (APMO)
24. Xalqaro Bolqon Matematika Olimpiadasi (BMO)
25. O‘smirlar o‘rtasida Bolqon Matematika Olimpiadasi (JBMO)
26. Osiyo Fizika olimpiadasi(APhO)
27. Yevropa Fizika Olimpiadasi
28. Osiyo Tinch okeani mintaqasi Informatika Olimpiadasi (APIO)
29. Yevropa Qizlar Matematika Olimpiadasi (EGMO)
30. Yevropa Qizlar Informatika Olimpiadasi (EGOI)
31. Xalqaro Turkmaniston Olimpiadasi
32. Xalqaro Ochiq Biologiya Olimpiadasi
33. Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro O‘zbek tili Olimpiadasi
34. Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro Matematika va Informatika
(ARBICHO)
olimpiadasi
35. Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro Kimyo olimpiadasi
36. Al-Farg‘oniy nomidagi Xalqaro Fizika Olimpiadasi
37. Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi
38. Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi
39. Xalqaro ingliz tili olimpiadasiga saralash bosqichlari
40. Xalqaro geografiya olimpiadasiga saralash bosqichlari

 

II. Koʻrik-tanlov, musobaqa va tadbirlar

1. “Huquqiy maʼrifiy bilimdon” koʻrik-tanlovi
2. “Men giyohvandlikka qarshiman” koʻrik-tanlovi
3. “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi
4. “Yosh gvardiyachi” musobaqasi
5. “Yosh chegarachi” musobaqasi
6. “Vatanparvar” musobaqasi
7. “Yashil chiroq” musobaqasi
8. “Jasorat uchqunlari” musobaqasi
9. Oʻquvchilar oʻrtasidagi “Zakovat” intellektual oʻyini musobaqasi
10. “Turon” maktab teatri
11. “Iqtidor” maktab ansambli
12. “Jadidlar izidan” koʻrik-tanlovi
13. Badiiy gimnastika boʻyicha “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
kubogi” musobaqasi
14. Umumtaʼlim maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Besh tashabbus”
olimpiadasi
15. “Oʻquvchilar kengashi” liderlar tanlovi
16. “Yil sardori” koʻrik-tanlovi
17. “Eng namunali maktab sardorlari kengashi” koʻrik-tanlovi
18. “Eng namunali mahalliy sardorlari kengashi” koʻrik-tanlovi
19. Eng naʼmunali hududiy sardorlari kengashi” koʻrik-tanlovi
20. Oʻquvchilar oʻrtasida “Yoshlar va qonun” koʻrik-tanlovi
21. “Kitobxonlik festivali” koʻrik-tanlovi
22. Oʻquvchilar oʻrtasida “Futbolimiz kelajagi sening qoʻlingda” shiori
ostida respublika birinchiligi
23. “Yosh bojxonachi” koʻrik-tanlovi
24. Huquqiy-maʼrifiy bilimdon ijodiy koʻrik-tanlovi
25. “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi
26. “Mening huquq va majburiyatlarim” koʻrik-tanlovi
27. “Zulfiya” davlat mukofoti
28. “Yosh kitobxon” koʻrik-tanlovi
29. “Inson huquqlari” koʻrik-tanlovi
30. “Sen isteʼdodlisan” koʻrik-tanlovi
31. “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab tanlovi”
32. “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” koʻrik-tanlovi
33. “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida oʻtkaziladigan tanlovlar
34. “Raqamli avlod qizlari” tanlovi
35. “Ixtirochilikka qadam” tanlovi
36. Oʻquvchi qizlar oʻrtasida “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” musobaqasi

37. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi respublika
tashkilotlarining Vazirlik bilan kelishilgan holda oʻtkazilgan koʻrik
tanlovlar, musobaqa va tadbirlar

 

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovaning 1-bandi 2-pozitsiyasi bo‘yicha baholashda inobatga olinadi