Fan olimpiadalari markazi tomonidan 2026-yilning 23–28-fevral kunlari barcha hududlarda fan olimpiadalari, tanlovlar hamda saralash bosqichlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur jarayonlar belgilangan reja-grafik asosida tashkil etiladi.
Hafta davomida quyidagi olimpiadalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
- Al-Xorazmiy olimpiadasining hududiy bosqichi;
- Xalqaro ingliz tili olimpiadasiga saralashning ikkinchi (hududiy) bosqichi;
- STEM fan olimpiadasining hududiy bosqichi.
Eslatma: belgilangan vaqtda qatnashmagan o‘quvchilar uchun qayta olimpiada o‘tkazilmaydi. Shuningdek, jarayonlar boshlanishidan 1 soat oldin esa auditoriyaga kirish to‘xtatiladi.
Joriy yilning 23-fevral kuni Xalqaro ingliz tili olimpiadasiga saralashning ikkinchi — hududiy bosqichi quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
1–4-sinflar (Junior):
Fan: ingliz tili
Ajratilgan vaqt: 7 daqiqa
Nazorat turi: loyiha taqdimoti
To‘planadigan ball: 20 ball
Vaqti: 09:00 – 13:00
5–11-sinflar (Senior):
Fan: ingliz tili
Ajratilgan vaqt: 7 daqiqa
Nazorat turi: sahna ko‘rinish
To‘planadigan ball: 30 ball
Vaqti: 14:00 – 18:00
Ishtirokchilar: 1–11-sinflar kesimidagi birinchi bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1 tadan jamoa hamda Prezident, ijod, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ushbu maktablarning hududiy filiallari va Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatlarining 1 tadan jamoasi.
Ma’lumot o‘rnida: Fan olimpiadalari markazi olimpiadalarni shaffof va sifatli o‘tkazish, har bir ishtirokchining bilim va salohiyatini obyektiv baholash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Agar olimpiada jarayonida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilsa, Markazning maxsus boti orqali yoki (+998 71 207 05 24) telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.
