Bahorgi semestr uchun o‘qishni ko‘chirish natijalari qachon e’lon qilinadi?

Bahorgi semestr uchun o‘qishni ko‘chirish natijalari qachon e’lon qilinadi?

Bahorgi semestr uchun o‘qishni ko‘chirish (“qishki perevod”) natijalari bugun, 10-fevral kuni kechga qadar yoki uzog‘i bilan ertaga ertalab e’lon qilinishi kutilmoqda.

 

Tahririyatimizning murojaatlar botiga bahorgi semestr uchun o‘qishni ko‘chirish natijalari qachon chiqishi yuzasidan ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Mazkur masalaga aniqlik kiritish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan bog‘landik.

 

Vazirlikning Talimxabarlari.uz saytiga ma’lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-sonli qaroriga muvofiq, oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish jarayoni 21-yanvardan 10-fevralgacha (10-fevral kuni ham) amalga oshiriladi.

 

Mutasaddilar natijalar bugun — 10-fevral kuni kechki payt yoki uzog‘i bilan ertaga ertalab e’lon qilinishini ta’kidlashdi.

 

Ma’lumot uchun avvalgi yilda natijalar quyidagi sanalarda e’lon qilingan.

 

— 21-fevral 2025-yil soat 12:35

— 13-fevral 2024-yil soat 10:36

— 16-fevral 2023-yil soat 21:34