Bahorgi semestr uchun o‘qishni ko‘chirish natijalari qachon e’lon qilinadi?

Bahorgi semestr uchun o‘qishni ko‘chirish natijalari qachon e’lon qilinadi?

Bahorgi semestr uchun o‘qishni ko‘chirish (“qishki perevod”) natijalari bugun, 10-fevral kuni kechga qadar yoki uzog‘i bilan ertaga ertalab e’lon qilinishi kutilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Tahririyatimizning murojaatlar botiga bahorgi semestr uchun o‘qishni ko‘chirish natijalari qachon chiqishi yuzasidan ko‘plab savollar kelib tushmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Mazkur masalaga aniqlik kiritish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan bog‘landik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Vazirlikning Talimxabarlari.uz saytiga ma’lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-sonli qaroriga muvofiq, oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish jarayoni 21-yanvardan 10-fevralgacha (10-fevral kuni ham) amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mutasaddilar natijalar bugun — 10-fevral kuni kechki payt yoki uzog‘i bilan ertaga ertalab e’lon qilinishini ta’kidlashdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot uchun avvalgi yilda natijalar quyidagi sanalarda e’lon qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— 21-fevral 2025-yil soat 12:35⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— 13-fevral 2024-yil soat 10:36⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— 16-fevral 2023-yil soat 21:34⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠