“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga rektor vazifasini bajaruvchisi tayinlandi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga rektor vazifasini bajaruvchisi tayinlandi

Xolmuhamedov Muhsinjon Murodullayevich – Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ushbu tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Muhsinjon Xolmuhamedov 1981-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ma’lumoti — oliy.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Mehnat faoliyatini 2002-yilda Samarqand bank kollejida o‘qituvchi lavozimida boshlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠


2015-yilda Davlat boshqaruvi akademiyasini, 2022-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Mutaxassisligi — iqtisodchi, jamiyat boshqaruvi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Iqtisodiyot fanlari nomzodi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠


2017–2018-yillarda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, 2019–2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida bosh ilmiy xodim hamda bo‘linma mudiri lavozimlarida ishlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ 2022-yilda mazkur markaz direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠